00:30 / 12.02.2020
6 965

Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon tugashi mumkinligi ma’lum qilindi

Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon tugashi mumkinligi ma’lum qilindi
Foto : STR/AFP via Getty Images
Mutaxassislarning fikricha, koronavirus epidemiyasi aprelda tugashi kerak. Bu haqda Xitoy hukumatining koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maslahatchisi Chjun Nanshan ma’lum qildi.

Nanshanning ta’kidlashicha, epidemiya eng yuqori cho‘qqisiga fevral o‘rtasi yoki oxirida chiqadi. Shundan keyin virusdan kasallanish holatlari kamayadi.
Men epidemiya aprelda tugashiga umid qilmoqdaman. Biroq biz bu virus nima uchun shunchalik yuqumli ekanini bilolmayapmiz. Bu juda katta muammodir”, deb aytgan mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Xitoyning Guandun va Chjetszyan provinsiyalarida kasallanish darajasi pasayotgani kuzatilmoqda va bu “yaxshi belgidir”. Shu bilan birga Nanshan virus tarqalish o‘chog‘iga aylangan Uxan shahri ma’muriyatini tanqid ostiga olgan. Uning aytishicha, mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ishlarini yaxshi bajarmaganlari uchun javob berishlari kerak.

Shuningdek, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar hisobini olib borish tizimiga o‘zgartirish kiritildi. Endi koronavirus topilgan, biroq kasallik alomatlari bo‘lmagan kishilar kasallanganlar deb hisoblanmaydi. Biroq bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalariga zid hisoblanadi, chunki tashkilot kasallik alomatlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, koronavirusga tahlillari ijobiy chiqqanlarni kasallanganlar deb hisoblaydi.

Xitoy hukumati nima uchun bunday qaror qabul qilganiga tushuntirish bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon tugashi mumkinligi ma’lum qilindi