15:30 / 21.02.2020
6 826

Yana bir mamlakatda koronavirus tez tarqalayotgani ma’lum bo‘ldi

Yana bir mamlakatda koronavirus tez tarqalayotgani ma’lum bo‘ldi
Janubiy Koreyada COVID-2019 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 48 ta yangi holati qayd etildi. Shu tariqa mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 204 nafarga yetdi. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (KCDC) tomonidan ma’lum qilindi.

Avvalroq mamlakatda 156 nafar kishi ushbu virusni yuqtirgani va bir kishi mazkur infeksiya tufayli hayotdan ko‘z yumgani, 17 bemor tuzalgani, 3 ming 180 kishi nazorat ostida ekanligi ma’lum qilingan edi.
KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, yangi holatlarning 42 nafari Tegu shahrida, yana 6 nafari esa mamlakatning turli hududlarida aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana bir mamlakatda koronavirus tez tarqalayotgani ma’lum bo‘ldi