"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 10 ta shartnoma imzoladi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.
Sultonovning ta’kidlashicha, muhim hujjatlardan biri o‘zbek gazini Xitoyga eksport qilish bo‘yicha 3 yillik shartnoma bo‘ldi. Sultonov shartnoma summasi va eksport qilinadigan gaz hajmini keltirib o‘tmadi.
Sultonovning aytishicha, Xitoy Davlat taraqqiyot banki bilan 1,2 mlrd dollarlik kredit kelishuvi imzolandi. Ushbu kredit mablag‘lari Qashqadaryo viloyatining Sho‘rtan tumanida gazni suyultirib beruvchi zavod qurilishiga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, Milliy xolding kompaniyasi Xitoy kompaniyasi bilan biogaz qurilmalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi