Foto: Moliya vazirligi
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni samarali davom ettirish uchun 500 million dollar ajratdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlarning uchrashuvi O‘zbekistondagi boshlangan islohotlarni samarali o‘tkazish maqsadida 500 million dollarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashdan boshlandi.
Myuller xonim uchrashuv davomida ikkitomonlama munosabatlar iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan qishloq xo‘jaligi, soliq islohotlari va Shavkat Mirziyoyevning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga intilishida, ilgarilab borayotganini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, Jahon banki mutaxassislari joriy yilning avgust oyi birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda soliq islohotlarni samarali davom ettirish hamda yangi tahrirdagi kodeks loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, bank vakillari pensiya islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ham texnik yordam ko‘rsatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi