Dunyo borgan sari ko‘proq qahva iste’mol qilmoqda. Bu haqda Xalqaro qahva tashkiloti ijrochi direktori Roberto Silva fikr bildirgan.
“Qahva iste’moli oshib bormoqda, chunki Hindiston, Xitoy va Lotin Amerikasida g‘arbga taqlid qilish kuchayib bormoqda”, deb ma’lum qildi Roberto Silva.
U qoplangan qahva donlariga talab hozirgi 141,6 mln qopdan (Bunday qoplarning har birining og‘irligi 59,8 kg) 2020 yilda 175,8 mln qopgacha etishini va bu dunyo bo‘yicha qahva iste’moli yaqin besh yil ichida 25 foizga oshishi bildirishini ta’kidladi.
Nashr bunday bashorat qahvani etkazib berish bilan bog‘liq muammolar ortida paydo bo‘lganiga e’tiborni qaratmoqda. Avvalroq Braziliyadagi qurg‘oqchilik o‘tgan yili qahva hosilining kamayishiga sabab bo‘lgani ma’lum qilingandi. Qurg‘oqchilik oqibatida bu mamlakatda 2015 yilda olinadigan qahva hajmi 40 mln qopni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya ayni paytda ham qahva etishtirish bo‘yicha dunyoda etakchi mamlakat hisoblanadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi