Moldova milliy pul birligi – leyga nisbatan dollar kursi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan birja savdolari chog‘ida 17,2 foizga o‘sdi.
RBK xabariga ko‘ra, birjada dollar kursi 20,47 leydan 24 leygacha o‘sgan bo‘lsa, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi 27 leyga etgan.
Taqqoslash uchun, butun bir 2014 yil davomida leyning rasmiy kursi 19,6 foizga qadrsizlangan edi, 2015 yil boshidan beri esa 25,5 foizga qadrsizlandi.
Qayd etish joiz, Moldova milliy banki ley kursini saqlab qolish maqsadida yanvar oyida 6,5 foiz, fevralning birinchi haftasida esa 2,7 foiz oltin-valyuta zaxiralarini sotishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tashqaridan kirib keladigan valyuta oqimi kamayishi va ichki bozorda valyutaga bo‘lgan talabning oshgani munosabati bilan ley kursi qadrsizlanmoqda.
Moldova milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda Moldova mahsulotlari eksporti 3,7 foizga qisqargan, 2014 yil dekabrida esa chet eldan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari hajmi ham keskin qisqargan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi