Erkaklar ayollardan nima istaydi?

  • 20 iyul 2016, 10:23
  • 16 286
  • Hayot tarzi
  • Erkaklar ayollardan nima istaydi?

    Erkaklardan aslida ayollardan nima istashi haqida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini ko‘rib, “Darakchi” nashri sizni bu natijalar bilan tanishtirishga qaror qildi. Chunki ular lazzatli taomlar, dazmollangan kiyim-kechakdan ko‘ra oddiygina insoniy munosabatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishgan.

    Qo‘llab-quvvatlashni bilish
    Har bir inson umrining ma’lum bir davrida (moddiy, ma’naviy) qiyinchilikni boshdan kechiradi. Erkak kishi aynan shunday vaqtda rafiqasining qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi. Agar rafiqasi uning sharotini tushunib, qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, u juda ko‘p ishlarni amalga oshiradi. Kerak bo‘lsa tog‘ni tolqon qiladi.

    Erkakdan ustun bo‘lmaslik
    Tazyiq o‘tkazmagan holda, erkakda qaror chiqarish huquqini saqlab qolish lozim. Bu bilan erkakda mas’uliyat hissi oshadi.

    Erkak bilan birga rivojlanish
    Juftlik bir-biri bilan hamma tomonlama, shu jumladan bilim doirasi ham mos bo‘lishi, gaplashish uchun mavzulari bo‘lishi lozim. Inson xoh erkakdir, xoh ayoldir o‘z ustida ishlashi, bilimini oshirib borishi kerak.

    Donolik
    Oilaviy turmush davomida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy holdir. Agar ayol dono bo‘lsa, aytgan gaplari, qiliqlari erkakka og‘ir botganini ko‘rsa, uni kelgusi safar takrorlamaydi. Bundan tashqari, har doim janjal ko‘tarilganda, erkakning og‘riqli nuqtasiga teginmaydi. Ayollar erkaklarga qaraganda tez ulg‘ayadi. Shuning uchun munosabatlarni me’yorida ushlab turish erkaklardan ko‘ra, ayollarga osonroq. 40 yoshgacha bo‘lgan davr erkaklar uchun eng og‘ir davrdir, aynan shu vaqtda ayol donologi, ziyrakligi, uddaburonligi ular uchun juda zarurdir.

    Ayollik nafosati
    Ovqat pishirish, chiroyli ko‘ylak, baland poshnali tufli kiyish, uzun sochli bo‘lish, baland poshnali tuflida yurish ayollik nafosatini belgilamaydi. Uning nafaqat tashqi tomoni, balki ichki dunyosi ham go‘zal bo‘lishi lozim.

    Faollik
    Ayol har qanday sohada, har qanday ishda turmush o‘rtog‘i bilan hamkorlik qilishni bilishi lozim. Olam judayam keng, har kuni biror yangilik ro‘y beradi. Ayol kishi to‘rt devor ichida o‘tiravermasdan, turmush o‘rtog‘ini biror erga taklif etsa, biror yangilik bilan tanishtirsa, erkakning ham ko‘ngli ko‘tariladi.

    Erkakning qiziqishlarini bo‘lishish
    Erkak va ayol qiziqishlari bir-biriga mos kelmasa, bu juda qiyin masaladir. Kundalik mashg‘ulotlar ichidan hech bo‘lmasa, 2-3 tasi bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim.

    Erkakning yaqinlariga yoqishni bilish

    Ayol erkakning yaqinlariga yoqishi ham katta ahamiyatga ega. U atrofdagilarga yoqsa-yu, ammo turmush o‘rtog‘ining yaqinlariga yoqmasa, o‘rtada erkak qiynaladi. Shuning uchun ayol bor mahoratini ishga solib, erining qarindoshlariga yoqishga harakat qilishi lozim.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erkaklar ayollardan nima istaydi?