Soch to‘kilishini to‘xtating!

  • 17 dekabr 2016, 23:49
  • 9 149
  • Hayot tarzi
  • Soch to‘kilishini to‘xtating!

    Barcha ayollar sog‘lom, go‘zal va mustahkam sochlarni orzu qiladi, biroq vaqti-vaqti bilan soch to‘kilishi muammosiga har birimiz duch kelamiz. Soch to‘kilishi og‘riqsiz jarayon bo‘lsa-da, ko‘pchilik ayollar bu masala ustida jiddiy qayg‘uradi.

    Muammoni keltirib chiqaruvchi umumiy sabablarga organizmda zarur oziqlantiruvchi moddalar etishmovchiligi, sochlarni turmaklash va bo‘yashda tez-tez kimyoviy moddalardan foydalanish, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal me’yorning buzilishi, ba’zi dori vositalari va bosh terisining turli kasalliklarini sanab o‘tish mumkin.

    Shuningdek, asabiylashish va stresslar ham soch to‘kilishiga olib keladi. Shu sababdan ular hayotingizning bir qismiga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.

    Soch to‘kilishi muammosini qay tarzda nazorat qilish mumkin?
    1. Keng tishli taroqdan foydalaning. Bu tarash jarayonida ularning shikastlanishi va to‘kilishining oldini oladi.
    2. Sochlaringizni ho‘lligida taramang. Ular biroz qurishini kuting.
    3. Ularni yuvgandan keyin sochiq bilan ishqamang. Bu ularning zararlanishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha namlikni o‘ziga singdirib oluvchi yumshoq sochiqdan foydalaning.
    4. Tarog‘ingizni har hafta sovun yoki shampun yordamida yuvib turing.

    Quyida esa soch to‘kilishiga qarshi uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblarni e’tiboringizga havola etamiz.

    Xantal kukuni

    1 osh qoshiq xantal kukuni, 3 osh qoshiq iliq suv va 3 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 ta tuxum. Barchasini aralashtirib, bosh terisi va soch ildizlariga suring, 5 daqiqadan so‘ng yuvishingiz mumkin.

    Kokos yog‘i

    2 osh qoshiq kokos va 1 osh qoshiq zaytun yog‘i — aralashtirib, soch ildizlari va butun uzunligi bo‘yicha suring, maxsus qalpoqcha kiying. Yarim soatdan keyin yuvib tashlang. Mazkur yog‘lar soch bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilishga yordam beradi.

    Agar sochlaringiz yog‘li bo‘lmasa, niqobni bir soatdan ortiq ushlashingiz ham mumkin. Asosiysi, jarayondan so‘ng sochlarni shampun bilan yuvishdir.

    Tuxum sarig‘i

    Tuxum sarig‘ini yarimta avokado bilan sochlarga suramiz va 40 daqiqa saqlaymiz.

    Ushbu oddiy vositalar ko‘magida ikki haftadan keyinoq soch tarkibining sezilarli darajada yaxshilanganligini his etasiz va soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammodan xalos bo‘lasiz.

    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Soch to‘kilishini to‘xtating!