00:38 / 28.12.2016
15 583

2017 yilda qaysi rang urfga kirishi aniq bo‘ldi

2017 yilda qaysi rang urfga kirishi aniq bo‘ldi

Kirib kelayotgan Yangi yil tovuq muchali ostida bo‘lishidan xabaringiz bor. 2017 yilda tovuq muchali davrida bu jonzotga xos ranglar urfga kirishi tabiiy.

2017 yilda yorqin ranglar ichida qizil rang urfga kirishi kutilmoqda. Qizil rang kuch-quvvat, tetiklik, harakat, yangilanish va etakchilik belgisini bildiradi. Shu muchal ostida tug‘ilganlar uchun 2017 yil ulkan muvaffaqiyat keltirishi kutilmoqda, deb yozadi Qalampir sayti.

Jahon moda olamining etakchi mutaxassislari Yangi yilni qanday rangdagi liboslarda qarshi olish lozimligi borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi.

“Olovli” tovuq yilini kutib olish arafasida qizil, yoqutrang, alvon, qirmizi, qizg‘ish, tillarang, to‘q qizil rangli liboslar kiyishni maslahat berishmoqda.

Yana bir uslubga ko‘ra, yuqoridagi kabi yorqin rangdagi detallari bor liboslar kiyish yoki shunday rangdagi kiyimlarni qora, oq, sadaf rangli boshqa liboslar bilan moslashtirish mumkin.

Yorqin ranglar nafaqat kiyimlarda, balki uy intererida ham aks etishi maqsadga muvofiq. Klassik uslubni ma’qul ko‘ruvchi insonlar ham kulrang yoki xira ranglardan qochishlari tavsiya etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yilda qaysi rang urfga kirishi aniq bo‘ldi