20:37 / 31.10.2017
42 332

Faqat 18+! Ayollar o‘qimasin... U qanday erkak?!

Faqat 18+! Ayollar o‘qimasin... U qanday erkak?!
Aziz mushturiy, avvalo bir narsaga kelishib olaylik... “Faqat 18+” turkumidagi tavsiyalar, aniqrog‘i unda ko‘tarilgan mavzu balog‘at yoshidan kichik muxlislar uchun emas, 18 yosh va undan kattalar uchun atalgan.

Yodingizda bo‘lsa, mazkur rukn orqali bizni isnodga qoldirayotgan ayrim illatlar, oilada ayol-erkak munosabatlari, oilaviy baxt tushunchasi, turmush qurmagan katta yoshli qizlarga ayrim tavsiyalar, bundan tashqari, o‘g‘ri bola muammosi, maktab-bog‘chadagi o‘g‘irliklar, mazkur muammoning yechimlariga bag‘ishlangan maqolalarda ayrim tavsiyalar, fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashgan edik.

Endigi mavzu ham ham katta yoshli muxlislar uchun atalgan bo‘lib, sarlavhada atay “Ayollar o‘qimasin” dedik, vaholanki quyida keltirilgan barcha tavsiyamiz ayollarimizga, xususan balog‘at yoshidagi turmushga chiqmagan qizlarga atalgan.

Chiroy, husn, go‘zallik kabi sifatlar odatda xotin-qizlarga nisbatan aytiladi. Erkaklar esa mardligi, ishonchliligi, qattiqqo‘lligi-yu bag‘rikengligi bilan sifatlanishi hech kimga sir emas.

Biroq erkaklar ham o‘zlari haqida yaxshi taassurot qoldirishni istashadi. Bu tabiiy holat. Psixologlar erkaklarning o‘zlariga qo‘yadigan talablari ayollarnikidan kam emasligini aytishadi. Ular ham kiyim-boshiga, muomalasiga, o‘z amallari-yu atrofini o‘rab turganlar oldida hurmat-e’tiboriga jiddiy yondashadilar va bu shunday bo‘lishi ham kerak.

Odatda erkaklar nozik jins vakillariga nisbatan anchayin kamsuqum. Ayollarning liboslari, psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda, boshqalarning diqqat markazda bo‘lish uchun turli ko‘rinishdan turfa andozaga “tuslanadi”!

Erkaklar uchun esa kiyim-kechak, shunchaki, “himoya qobig‘i” hisoblanarkan. Nozik jins vakilalarining libos turlari ularning sonidan ziyod bo‘lishi mumkin, biroq erkaklarniki deyarli bir xil: kostyum-shim, ko‘ylay, ranglariyam, fasoni ham juda o‘xshash. Birgina farqi — bahosida!

Shuning uchun ayollar o‘z jinsi va qarama-qarshi jins vakillari qarshisida o‘zining libosi, taqinchoqlari bilan ajralib turishga intiladi. Ayollarning tabiatida erkaklarni o‘ziga rom etish “tabiiy xususiyati” mavjud. Erkaklar esa ayollarga “baholash” nazari bilan qaraydilar.

Bunda ayolning bo‘y-basti, qad-qomati, kiyinishlari (liboslari), muomalari, hatto qadam tashlashlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli jins vakillari ayollarning kiyinish madaniyatiga zimdan e’tibor berib kuzatishsalarda, o‘zlarining kiyim-boshiga har doim ham e’tibor beravermasliklari mumkin. Qisqasi, erkaklarning kiyinish masalasida “birxillik” kifoya qiladi.

Biroq erkaklar uchun ham kiyim kiyish bir kichik san’at, desak mubolag‘a bo‘lmas, va, bu narsa, u haqdagi ayrim ma’lumotlarni bilib olishga ko‘mak beradi. Ayniqsa turmushga chiqmagan qizlar balog‘at yoshidagi yigitlarning kiyinish madaniyatiga qarab ma’lum ma’noda baho berishlari mumkin bo‘ladi.

Galstuk

I. Kuylak va kostyum-shimning rangiga qarab tanlangan, hatto bunda bosh kiyim, poyabzaldan tortib charm belbog‘ (remen) rangiga qarab o‘ta nozik did bilan bog‘langan bo‘yinbog‘ — hamma-hamma narsani tartib-qoida asosida bajaradigan, konservativ ruhga ega erkakning (yigitning) fe’l-atvori haqida so‘zlaydi.

U har doim bir xil — g‘ururli va qattiqqo‘l!

Ob-havoning jaziramasi-yu qahratoni, rasmiy-norasmiy uchrashuvlar, hatto ayrim mavridi bo‘lgan va bo‘lmagan vaziyatlarda ham u bo‘yinbog‘dan voz kechmaydi. Shusiz hayotiy prinsiplarini buzib qo‘yganday bo‘laveradi go‘yo.

Muhabbat bobida ham u qat’iy, aldaganlarni — jazolashga, uning ko‘nglini ovlab turmaganlarni (doimiy qiziqish uyg‘otolmaganlarni) — taqdir yo‘liga tashlab ketishga tayyor!

Agar bo‘yinbog‘ ko‘ylak va kostyum-shimga juda moslab (rangi, matosi, tikilish uslubi) tanlangan bo‘lsa, bilingki, bu erkak o‘z mehnat faoliyatida ham shunday — o‘zi tomonidan yaratilgan tartib-qoidaga amal qiladi va bu qoidalarni chetlab o‘tganlarni xushlamaydi.

Bo‘yinbog‘ taqish bo‘yicha etiket qoidalarini risoladagidek bajaradigan kishi — ko‘pincha rahbar lavozimidagi yetakchi bo‘lib chiqishiga shubha yo‘q. Bu odat zararli odatlardan xoli bo‘lmagan olim, rahbarlik kursiga muzyorar kemadek intilayotgan yosh mutaxassis va san’atda o‘z pog‘onasini egallashga erishgan ayrim san’atkorlarda ham mavjud.

II. Hech e’tibor berganmisiz, ozoda-toza, yaxshi dazmollangan kostyum-shim va ko‘ylak kiyadi-yu, zarur bo‘lgandagina bo‘yinbog‘ taqadigan erkaklar ham bor. U yaratuvchanlik va tashabbuskorlikni o‘ziga shior qilib olgan xodim, ayrim qismi rahbar ham bo‘lishi mumkin. U qat’iy qaror qilishdan qo‘rqmaydi, shijoatli va o‘z ishida anchagina qaysar ham. Bundan tashqari, bunday kiyinishni odat qilgan erkaklar qachon, qayerda, nima kerak-nokerakligini yaxshi biladigan inson bo‘lib chiqadi.

Xullas, bunday erkaklar ruhiyatida ovchilarga xos xususiyat bor va ular har qanday yumushda oldindan harakat qilib qo‘ygan bo‘lib chiqadi. Ular masalaga biroz hazil, biroz ijodiy yondoshadi va ko‘pincha yutadilar, ayrim hollardagina esa yutqizadilar.

Muhabbat bobida esa uning xatti-harakatlarini bashorat qilib bo‘lmaydi: bugun sevinch bilan boqib turgan bo‘lsa, ertaga nafrat bilan tikilishi mumkin.

III. Erkak kishi har kuni ishga bir xil bo‘yinbog‘ va bir xil ko‘ylakda kelaversa, bo‘yinbog‘ining tuguni har doim bir xil, ko‘pincha kich-chir, bir tomonga qishayibroq, noto‘g‘riroq turgan bo‘lsa, bilingki, bu kishi bunday ko‘rinishda yurishga o‘zini majbur qiladigan inson. O‘ziga-ku bu “oliftalik” yoqmaydi, biroq hamkasblaridan ajralib qolishni istamaydi. Uni tashabbuskor deb bo‘lmaydi, negaki yetakchilik uning tabiatiga xos emas.

Unga qattiqqo‘l rahbar va doimiy nazorat darkor!

Bunday kishilar ko‘pincha o‘zlarini ijrochi rolida ko‘rishadi. Ayrimlari ruhiyatiga darz ketgan, oilasida xotirjamligi yo‘q kishilar bo‘lib chiqishi hech gap emas.

Ular muhabbat bobida ham biroz betayinroq. Yo mahbubasining ko‘nglini og‘ritib, uzr so‘rab yurgan kuni, yo ikkitasidan bittasini tanlolmay ikkilanganicha ikkisidan ham quruq qolganidan faryod chekib yurgan kuni...

Aziz muxlislar, “Ayollar o‘qimasin!” deya sarlavhaga chiqargan, aslida aynan ular uchun atalgan tavsiyalarimizning davomida erkaklar foydalanadigan poyabzal va ularning sevimli avtomobillari haqida fikr yuritamiz.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Faqat 18+! Ayollar o‘qimasin... U qanday erkak?!