Insonning qanday xarakterga ega bo‘lishi, uning shakllanishi o‘sha odamning soat nechada va qanday holatda tug‘ilganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Siz ham o‘zingizni soat nechada tug‘ilganingizdan xabaringiz bormi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, quyidagi ta’rifdan o‘zingizga tegishlisini topib o‘qing.
24.00 dan 2.00 gacha tug‘ilganlar sabrli, intiluvchan va har narsaga qiziquvchan bo‘lishadi.
2.00 dan 4.00 gacha tug‘ilganlar tabiatan pishiq, o‘z foydasini ko‘zlaydigan, ikki tomonlama ish ko‘radiganlar.
4.00 dan 6.00 gacha tug‘ilgan insonlarda vatanparvarlik ruhi juda baland, dangalchi, rostgo‘y hamda haqiqatgo‘y odamlardir.
6.00 dan 8.00 gacha tug‘ilganlar keng tasavvurga ega, orzumand hamda biroz xayolparastroq bo‘ladi.
8.00 dan 10.00 gacha tug‘ilganlar faktlar bilan ish qilishni yoqtiradigan, aniq maqsadli, jozibali insonlardir.
10.00 dan 12.00 gacha tug‘ilganlar kareyeristlar va shuhratparast, izzattalab, mulozamatni yaxshi ko‘radigan odamlar.
12.00 dan 14.00 gacha tug‘ilganlar tavakkal qilishni sevishadi, sarguzashtlarni yoqtirishadi.
14.00 dan 16.00 gacha tug‘ilganlar mehnatni sevishadi, qiyin vaziyatlardan osongina chiqib ketishadi.
16.00 dan 18.00 gacha tug‘ilganlar tinchliksevar va yaxshi odamlarni qadriga yetadigan insonlar.
18.00 dan 20.00 gacha tug‘ilganlar kuchli ruhiyatga ega insonlar.
20.00 dan 22.00 gacha tug‘ilganlar biroz shoshqaloq, tinib tinchimas odamlardir.
22.00 dan 24.00 gacha tug‘ilganlar ichki dunyosi tarafdan biroz faylasufroq, lekin tashqi olamida esa o‘ziga bo‘lgan ishonchi biroz kam. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi