06:30 / 28.04.2018
6 282

Amerikalik olimlar shokoladning yana bir kutilmagan foydasini aniqlashdi…

Amerikalik olimlar shokoladning yana bir kutilmagan foydasini aniqlashdi…
Bir guruh amerikalik olimlar navbatdagi tadqiqotlar doirasida shokolad odamning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashiga guvoh bo‘lishdi. Bunga shokolad tarkibidagi flavonollar sababchi ekan.

Tadqiqotlarda jami 30 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularning aksariyati 26 yosh atrofidagi yigit-qizlar bo‘ldi. Ko‘ngillilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhdagilarga 42 gramm qora shokolad, ikkinchi guruhga xuddi shuncha sutli shokolad berildi. Ikki soatdan so‘ng ko‘ngillilarning ko‘rish qobiliyati tekshirib ko‘rildi.

Ma’lum bo‘ldiki, qora shokolad iste’mol qilganlarning ko‘rish qobiliyati sutli shokolad yeganlarga qaraganda ancha yuqori darajani qayd etibdi. Bundan tashqari, ular ko‘zidagi qorong‘ilik uchun javobgar qismlar ham ijobiy tarafga o‘zgaribdi. Shubhasiz, bularning hammasiga shokoladdagi flavonollar ko‘z qorachig‘iga qon yetib kelish jarayonini yaxshilashi sabab hisoblanadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Amerikalik olimlar shokoladning yana bir kutilmagan foydasini aniqlashdi…