22:39 / 20.01.2019
8 954

Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Barcha muhim ishlaringizni tushga qadar ado etib ulgurishga harakat qiling. Ishxonadagi rahbarlar sizga o‘ta mas’uliyatli bir vazifani ishonib topshirishi mumkin. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir inson bilan tanishib qolishlari mumkin. Bu tanishuv kelgusida muhabbatga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Miyangizda favqulodda paydo bo‘ladigan tushkun xayollarni shu zahoti haydab solishga harakat qiling. Bu salomatlik uchun juda muhim ahamiyatga ega.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 yanvarda vujudingizda haqiqiy hashamat va kuchni to‘laqonli his etish uchun vaziyatni nazorat ostida ushlashingiz kerak. Ijodkorlar ilhom qidirishga tushgan bo‘lsa, uni tabiat qo‘ynidan, yaxshi va shinavanda odamlar orasidan va yaqin o‘tmishdan topishlari mumkin. Bugun jamoaviy ishgina sizga kutilgan daromadni hadya etadi. Moddiy ko‘makni yaqin qarindoshlardan ham kutsangiz bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bekorga vaqtingizni va kuchingizni yo‘qotishgagina arziydigan ishlardan yuz buring. Salomatligingizni saqlang. Bunaqangi ishlar salomatlikka ham kushanda hisoblanadi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Bu tanishuvlar sizga garmoniya hadya etadi. Kechki payt ayrimlar yaqin do‘sti bilan suhbatlashib o‘tirib, favqulodda kasbini o‘zgartirish harakatiga tushib qolishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 yanvar kuni yoqimlidan-da yoqimliroq sovg‘a kutib turadi. Agar yetarlicha e’tiborli bo‘lsangiz, hayotingizga yangi g‘oyalarni singdira olasiz. Bu g‘oyalar esa faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi. Kun davomida sizni ko‘ra olmaydigan bir kimsa bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Agar uni aylanib o‘ta olsangiz, albatta omadga erishgan bo‘lardingiz. Kechqurun pul bilan bog‘liq safarga otlanishingiz kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun sizga xudoyimning o‘zi qisqa fursatda mo‘may daromad keltiradigan ish hadya etadi. Bu ishni uddalagach, nafaqat yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz, balki bir qismini zahira pullarga ham qo‘shib qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Tushdan keyin ayrimlar xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Lekin safarga shaxsiy avtomobilingizda bormang. Serqatnov yo‘llarda jiddiy xavfga duch kelishingiz ehtimoli bor. Kechqurun xonadoningizga olisda yashaydigan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishi kutilmoqda.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 yanvar kuni dam olishga birinchi navbatda vaqt ajrating. Yo‘q, oldin qolgan-qutgan ishlarni imi-jimida uddalab qo‘ying-da, yangi ishga chalg‘imay turib dam oling. Salomatlikka e’tibor qarating. Omadgagina ishonib qolmasdan, organizmingizni turli usullar yordamida chiniqtiring. Surunkali xastalikka uchragan bo‘lsangiz, profilaktika siz uchun har kuni kerak. Kechqurun sizga kimlardir maoshi ko‘p ish taklif etishi mumkin. Oldin yaxshilab bu ishni o‘rganib chiqing. Shundan keyin ham ma’qul topsangiz, rozilik bildiring.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun kayfiyatingizga, vaziyatga qarab ish tutishdan tiyiling. Balki taqdir sizga qaysidir ma’noda shafqatsizlik qilar, ammo ba’zan shafqatsizlik ham muammolarni dadil bartaraf etishda asqotadi. Siz bugun yangi g‘oyalar asosida o‘ylab topilgan yangi ishlar bilan band bo‘lishga harakat qiling. Kun davomida yurak va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq surunkali xastalikka duchor bo‘lganlar albatta profilaktikaga e’tibor qaratishlari kerak.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
21 yanvarda vaziyat chigallashib ketmasligi uchun bir qator mashg‘ulotlar, istaklardan o‘zingizni tiyishingiz talab etiladi. Agar yuksaklarga parvoz qilishni xohlasangiz, xohishlar yorqin bo‘lishi lozim. Ularga g‘ubor aralashishiga zinhor yo‘l qo‘ymang. Muhabbatda oilasizlardan kimdir albatta bugun bo‘lg‘usi juftini uchratadi. Faqat ilk tanishuvdayoq hazil-mutoyibaga keng o‘rin berib qo‘ymang. Oldin u insonni yaxshilab o‘rganing. Balki hazilni xushlamas. To‘g‘ri emasmi?
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Agar professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarish jarayonida yuqori lavozimdagi shaxslar maslahat bersa, sira achchiqlanmang. Bu sizga faqat foyda beradi. Rahbarlar topshirgan muhim vazifalarni muddatidan oldin uddalab olqish oling. Mabodo shaxsiy biznesingizni ochish niyatida bo‘lsangiz, oldin ishonchli sheriklar topib oling. Oilalilarga bugun kechqurun farzandlari bir olam quvonch hadya etishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
21 yanvar kuni yaqindagina yangi jamoaga kelib qo‘shilgan bo‘lsangiz, o‘rganib ketishingiz picha mushkul bo‘ladi. Bunday holat hammada ham bo‘lishi mumkin. Bardosh kerak xolos. Behudaga asabiylashmay desangiz, emotsiyaga erk bermang. Pul masalasida bugun o‘tgan kunlardagiga nisbatan kamroq omad kulib boqadi. Zahiradagi pullar bilan cheklanib turing. Xaridlarga ham nihoyatda tejamkorlik bilan yondashing. Kechqurun salomatlik haqida qayg‘uring.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz mustaqil fikrlash, ishlash bilan o‘tishi kutilmoqda. Sizdan bajaradigan ishingizga ijodiy yondashishgina talab etiladi. Xuddi shu narsa kutilgan natijalarga erishishda yordam beradi. Ayollar, qizlar kunning ikkinchi yarmida kosmetolog va diyetolog kabinetiga bir mo‘ralab o‘tishlari tavsiya etiladi. Agar teringizda muammo bo‘lsa, yoki ortiqcha vazndan xalos bo‘la olmayotgan bo‘lsangiz, albatta mutaxassisga ko‘rinishingiz shart. Ular sizga hech bo‘lmaganda qimmatli maslahatlarini berishadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 yanvarda juda mehribon, jonkuyar inson bilan do‘stlashib qolishingiz kutiladi. U sizga yaqin kelajakda ko‘p masalalarda yaqindan yordam berishi mumkin. Bugun xizmat safariga chiqish, tabiat qo‘ynida dam olib qaytish va kursdosh-sinfdoshlar bilan uchrashib suhbat qurish xayrli kechadi. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshlardan biri haqida xushxabar eshitasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?