Pomidor sharbatining foydali xususiyatlari

  • 11 fevral 2019, 12:30
  • 2 886
  • Hayot tarzi
  • Pomidor sharbatining foydali xususiyatlari
    Olimlarning tadqiqot natijalari pomidor sharbati tarkibi vitaminlarga boy ekanini ko‘rsatdi. Demak, har kuni pomidor sharbati ichish sabablari quyidagicha:

    1. VITAMINLAR
    Yangi tayyorlangan pomidor sharbati «A», «S» vitaminlariga boy. Uni har kuni ichib yurish ko‘rish qobiliyatingizni yaxshilaydi, suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi, immunitetni ko‘taradi.

    2. XOLESTERINNI KAMAYTIRADI
    Pomidor sharbati tarkibidagi niatsin va foydali tolalar qondagi xolesterinni yo‘q qilishda asqotadi.

    3. IChAKLAR FAOLIYaTINI YaXShILAYDI
    Kimning oshqozon-ichak tizimida muammosi bo‘lsa, har kuni yangi tayyorlangan pomidor sharbati ichish tavsiya qilinadi. U ovqat hazm bo‘lishini yengillashtirib, ich qotishiga barham beradi.

    4. ZAHARDAN TOZALAYDI
    Pomidor sharbati tarkibidagi kislota buyrak hamda jigar faoliyatini yaxshilaydi. Kislota organizmda dezintoksikatsiya jarayoni yuz berishini ta’minlaydi. Bu organizm zaharli moddalardan tozalanadi deganidir.

    5. OZIShDA YoRDAM BERADI
    Pomidor sharbati qorinni to‘q tutadi. Ko‘p ovqat o‘rniga u organizmni kerakli to‘yimli moddalar bilan ta’minlab, metabolizm darajasini oshiradi.

    6. YuRAK XASTALIGIDAN ASRAYDI
    Pomidor sharbati tarkibida mavjud bo‘lgan «V6» vitaminlari odamni yurak xastaligidan himoya qiladi. Tomirlar kushandasi hisoblangan gomotsistein, aminokislotalar darajasini kamaytiradi.

    7. TURLI TOShMALARDAN SAQLAYDI
    Pomidor sharbati teriga ham ijobiy ta’sir etib, turli toshmalar toshishiga barham beradi.

    8. SARATONNING OLDINI OLADI
    Pomidor sharbati tarkibidagi likopenlar oshqozon-ichak, ko‘krak, o‘pka saratoni kabilar paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydi. Buning uchun har kuni bir stakan yangi tayyorlangan pomidor sharbati ichish kifoya qiladi.

    » » Pomidor sharbatining foydali xususiyatlari