13:08 / 07.05.2024
518

Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Butun dunyo bo‘ylab barcha xalqlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan choyning har xil turlari va navlari mavjud, ammo ularning aksariyati Camellia sinensis nomli o‘simlikdan tayyorlanadi. Choyning foydali xususiyati o‘simlik barglardan chiqadigan fermentatsiyaga bog‘liq. Ko‘k choy boshqalarga qaraganda kamroq qayta ishlanadi, ya’ni u o‘zida ko‘proq ozuqaviy moddalarini saqlab qolgani uchun shifobaxsh ichimlik sanaladi.

Ko‘k choy va matcha choyning farqi

Foto: Flestone
Yashil kukundan iborat matcha O‘zbekiston savdo rastalarida ham ko‘payib bormoqda. U qahva, muzqaymoq, qandolat mahsulotlari va hatto kosmetikaga ham qo‘shiladi. Tarkibi ko‘k choynikidek bo‘lgan matcha boshqa choylarga nisbatan bir oz qimmat turadi. Chunki u quyosh tushmaydigan maxsus bog‘larda o‘stiriladi va yam-yashil tusini saqlab qoladi. Uning tarkibida kofein moddasi yuqori konsentratsiyadadir.

Ko‘k choyning organizmga ta’siri

Ko‘k choy — saratondan himoya
Ko‘k choyning eng dolzarb foydali tomoni uning saraton kasalligidan asrashidir. Ushbu mavzuda 5000 dan ortiq tadqiqotlar o‘tkazilgan va choyning saraton xavfini kamaytirish xususiyati isbotlangan.

Bosh miya faoliyatini yaxshilaydi
Ko‘k choy miyani kognitiv jihatdan sustlashishidan himoya qiladi va yaxshiroq fikrlashga yordam beradi. Uzoq vaqt davomida haftasiga kamida 4 marta ko‘k choy ichadiganlarning miyasi uni xush ko‘rmaydiganlarga qaraganda faolroq ishlaydi. Ko‘k choy miya qabul qilgan axborotni qayta ishlashda faol ishtirok etadi. Shuning uchun mazkur shifobaxsh ichimlik aqliy faoliyatda va yangi ma’lumotlarni tezda o‘zlashtirishda muhimdir.

II turdagi qand kasalligi uchun profilaktika vazifasini bajaradi

Foto: iStock
Ichimlik qondagi qand miqdorini va 2-toifa qand kasalligi rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ko‘k choy insulin ishlab chiqaradigan hujayralarni himoya qilishga yordam beradi, undagi flavonoidlar esa zararli erkin radikallarni yo‘q qilishga va yallig‘lanishni kamaytirishga xizmat qiladi.

Muhim: choyni shakar yoki boshqa shirin qo‘shimchalarsiz ichish lozim, aks holda organizmga uning foydasi bo‘lmaydi.

Ko‘k choy terini go‘zal qiladi
Endokrinolog Santosh Katyar tomonidan 2023 yilda chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy tarkibidagi polifenollar terini ultrabinafsha nurlanishidan va uning zararli ta’siridan himoya qiladi. Buning uchun ko‘k choy ichish yoki ko‘k choy qo‘shilgan kosmetikadan foydalanish mumkin.

Kariyesning oldini oladi
Xitoylik olimlar, agar kuniga kamida bir stakan ko‘k choy ichilsa, tishlarni sog‘lom saqlash imkoniyati kamida 20 foizga oshishini aniqladi. Ko‘k choy, shuningdek, tishlarni bo‘shliqlardan himoya qiladi va yomon hidni yo‘q qiladi. Biroq har qanday choy gazli va energetik ichimliklarga qaraganda tishlar uchun ancha xavfsizdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?