Foto: Mykaleidoscope
Ismaloq va boshqa ko‘katlardan barchamiz turli bahoriy taomlar tayyorlab ko‘rganmiz, ammo uning organizmga naqadar foydali superfud ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Ismaloq superfud yegulik sanaladi: u o‘zida ko‘pgina vitamin va minerallarni, antioksidantlarni saqlaydi. Unda yog‘ miqdorining juda ozligi sabab parhez tutuvchi ayollarni quvontiradi. Ismaloq foydali salat va smuzilar tayyorlash uchun ideal ko‘katdir.
Ismaloq lyutein, beta-karotin, violaksantin, kumarin va ferul kislotasi kabi antioksidantlarga boy. Lyutein ko‘z salomatligini ta’minlaydi, yosh o‘tib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zlar sarg‘ayishining oldini oladi. Zeaksantin esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Bir stakan ismaloq sharbati A vitaminining bir kunlik qiymatining 63 foizini o‘zida saqlaydi. Mazkur vitamin ko‘zlar quruqlashmasligiga, infeksiyalar bilan kurashishga hamda yangi teri hujayralarning shakllanishiga yordam beradi.
Foto: Mykaleidoscope
Bir stakan ismaloq sharbati C vitaminining kunlik qiymatining 38 foizini o‘z ichiga oladi. U teri hujayralarini oksidlovchi stress, yallig‘lanish va shikastlanishdan himoya qiladi. C vitamini terining elastikligini ta’minlaydigan kollagen ishlab chiqarishda, yoshlikni saqlab qolishda hamda jarohatlarning bitishida muhimdir.
Bundan tashqari, bir stakan ismaloq sharbati kaliy moddasi kunlik qiymatning 14 foizini o‘zida saqlaydi. U qon bosimini mo‘tadil bo‘lishiga yordam beradi. Ismaloq saraton hujayralarining o‘sishiga qarshi kurashuvchi vosita ham hisoblanadi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tgan:
Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvati bor. Safroni haydaydi. Ko‘pincha me’da uning qaynatmasini tusamaydi.
Ma’lumot uchun: 100 gramm yangi uzilgan ismaloqdan o‘rtacha 200 gramm sharbat chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi