09:44 / 07.05.2024
270

Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Foto: Alamy
Kaloriyaga boyligiga qaramay, italiyaliklar oshxonasi dunyodagi eng sog‘lom oshxonalardan biri hisoblanadi. Ular doimiy un va makaron mahsulotlari iste’mol qilishiga qaramay, semirib ketmaydi. Buning boisi nimada va makaron ozishga yordam beradimi?

Makaron parheziga oid bir nechta tadqiqotlar o‘tkazilgan. Xolisona yondashgan holda biz ham kichik tajriba o‘tkazdik: nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun faqat turli sousli makaronlar diyetasini tashkil qildik.

Birinchi ishtirokchi bir hafta davomida faqat makaron iste’mol qildi. U spirtli ichimliklar va kofeindan voz kechib, haftasiga uch-to‘rt marta jismoniy mashq qilish odatlarini saqlab qoldi. Ikkinchi ishtirokchi esa iloji boricha arzonroq ovqatlanish uchun ikki hafta davomida pesto qo‘shilgan makaron diyetasiga o‘tdi.

Ularning ikkisi ham bir hafta ichida bir oz semirib qolgan deb o‘ylagan bo‘lsangiz, adashasiz. Natija kutilmaganda aksini ko‘rsatdi — ikkala ishtirokchi vazn tashladi. Birinchi ishtirokchi 1 hafta ichida 2,5 kg yo‘qotdi, Ikkinchisi esa 2 haftada 3 kg ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi.

Ozishning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: tajriba qatnashchilari shakar, turli shirinliklar, gazli va spirtli ichimliklar va har qanday tamaddilardan voz kechdi. Shuning uchun ikkisida vazn kamayishi kuzatildi. Ammo bunday parhezdan uzoq vaqt davomida foydalanish mumkin emas. Chunki organizm uchun muhim vitamin, mineral va oziq-moddalarni boshqa mahsulotlardan olish zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?