10 027
Sabzi - koʻplab vitamin, mineral va mikroelementlarga ega eng foydali sabzavotlardan biri. Koʻpchilik uning foydali xususiyatlarini qadrlashmaydi. Masalan, sabzidagi A vitamini hech qanday dori vositalarisiz koʻrish qobiliyatini yaxshilay oladi. Sh
Sabzi - koʻplab vitamin, mineral va mikroelementlarga ega eng foydali sabzavotlardan biri. Koʻpchilik uning foydali xususiyatlarini qadrlashmaydi.
Masalan, sabzidagi A vitamini hech qanday dori vositalarisiz koʻrish qobiliyatini yaxshilay oladi. Shuningdek u teri va organizmning shilliq qavatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va ularning holatini yaxshilaydi.
Kimlar koʻproq sabzi yeyishi kerak va u qanday xavfli kasalliklarda yordam beradi?
Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchilar. Sabzi oʻz tarkibidagi selluloza hisobiga qon tomirlarni ortiqcha xolesterindan tozalaydi. Xom sabzini har kuni isteʼmol qilinsa, inson oʻzini aterskleroz va yurak-qon tomir tizimidagi boshqa kasalliklardan kuchli himoya bilan taʼminlagan boʻladi.
Shifokorlar barcha ayollarga sabzini har qanday koʻrinishda isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi, zero bu sabzavot - saraton profilaktikasi uchun ayni muddao. Hamma gap sabzida boshqa mahsulotlarga nisbatan A vitaminining koʻpligidadir. Ayollarda eng koʻp tarqalgan onkologiya turi - koʻkrak bezi saratoni boʻlib, bunga kasallikka chalingan ayollarning organizmida A vitaminining jiddiy yetishmasligi sabab boʻlgan.
Erkaklarga ham sabzi isteʼmoli ziyon qilmaydi, zero undagi foydali moddalar erkaklarning reproduktiv funksiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Milk va tish ogʻrigʻidan azob chekuvchi kishilarga ham sabzi yeyish tavsiya etiladi. Bu sabzavot tish emalini mustahkamlaydi, ogʻiz boʻshligʻini parazitlardan tozalaydi, milklarning qonashini oldini oladi va h.k. Shuning uchun shifokorlar bolalarga ham, kattalarga ham xom sabzi isteʼmol qilishni maslahat berishadi.
Parishonxotir va diqqatini jamlay olmaydigan kishilarga ham sabzi foyda beradi. U miyaga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Muntazam ravishda sabzi isteʼmol qilgan kishilarda xotira va diqqatni jamlashga doir muammolar boʻlmaydi.
Sabzini imkon qadar xom holatida yeyish tavsiya etiladi, zero termik qayta ishlash jarayonida sabzavotdagi foydali moddalarning muayyan qismi chiqib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi