09:05 / 06.04.2019
8 187

Jingalak otlar haqida bilasizmi? (foto)

Jingalak otlar haqida bilasizmi? (foto)
Bilamizki, ot yer yuzidagi eng chiroyli hayvon. Ularga qanday munosabatda bo‘lsangiz shunday javob olasiz. Aytmoqchimizki, ot aqlliligi bilan ham boshqa hayvonlardan ajralib turadi. Jingalak junli otlar haqida eshitganmisiz yoki ularni ko‘rganmisiz?

"Kurlis" zotiga mansub bu otlar bilan tanishish vaqti keldi. Ularning juni xuddi qo‘ylarnikiga o‘xshaydi. Bunga ishonish qiyin, albatta, ammo bu - haqiqat. Jingalak junli otlar Osiyo, Skandinaviya va Janubiy Amerikada yashaydi. Hozirgi kunga kelib ularning soni kamayib ketgan.

Bugungi kunda ular himoyaga olingan. Ular bilan ovga chiqish yoki boshqa mashg‘ulotlar o‘tkazish ta’qiqlangan. Jingalak junli otlar sayyohlar sonining ortishiga yordam beradi. Butun dunyoda ularning naslini saqlab qolishga harakat qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jingalak otlar haqida bilasizmi? (foto)