09:36 / 14.01.2020
4 849

Alloh bilan savdo qilgan shayx...

Alloh bilan savdo qilgan shayx...
Abdulhalim Mahmud 1973-1978 yillarda Azhar shayxi bo‘lgan. Shayx Zaytun mahallasidagi uyda ijarada turar edi. Qishloqdagi merosdan tekkan dehqonchilik yerini sotdi. Uning puliga ijara zahmatidan qutilish uchun uy sotib olmoqchi bo‘ldi.

Pulni olib Qohiraga bordi. Uyga borishdan oldin shifoxonaga bir do‘stini ko‘rgani bordi. U yerda bir shogirdini ko‘rib qoldi. Undan hol-ahvol so‘radi. Shogirdining otasi bemor ekan. Zudlik bilan amaliyot o‘tkazilishi lozim ekan. Bu amaliyotga juda katta mablag‘ kerak ekan.

Shogird shayxdan "Ey ustoz, otamni haqlariga shifo so‘rab duo qiling", dedi. Shayx shogirdining ahvolini ko‘rib ko‘zi yoshlandi. Jomadonni ochib uning ichidagi haligi sotilgan yerning pulini hammasini otasini amaliyoti uchun shogirdiga berdi. O‘zi to vafot qilgunicha xotini, bolalari bilan Zaytundagi ijara uyida yashadi. Vaqf hay’ati tomonidan berilgan uyni ham olmadi. Azharga shayx bo‘lganidan keyin Azhar tomonidan shayxlarga beriladigan uyda yashashdan ham voz kechdi. U Alloh bilan savdo qilgan edi...

Qudratulloh Ahmad tayyorladi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Alloh bilan savdo qilgan shayx...