Registon maydoni dunyoning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatiga kiritildi

1 daqiqa o'qish1.4K
Registon maydoni dunyoning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatiga kiritildi

Time Out 2026 yil uchun dunyoning eng go'zal maskanlari ro'yxatiga Samarqanddagi Registon maydonini kiritdi. Nashr mashhur maydonning betakror me'moriy ansamblini alohida e'tirof etib, XV-XVII asrlarda bunyod etilgan madrasalar, nafis bezatilgan gumbazlar va tarixiy majmuaning hayratlanarli uyg'unligini ta'kidladi.

Yangi reytingga dunyoning turli burchaklaridan 51 ta yo'nalish kiritilgan. Time Out'ga ko'ra, ro'yxat ekspertlar va sayohat mualliflarining fikrlari hamda safar tajribasi asosida tuzilgan. Unda tabiiy manzaralar, qadimiy shaharlar va diqqatga sazovor me'moriy obidalarni o'z ichiga olgan turli maskanlar jamlangan.

2026 yilgi reytingning ilk uch o'rnini Ispaniyadagi Picos de Europa tog'lari, Indoneziyadagi Komodo milliy bog'i va Nyu-Yorkdagi Morgan Library and Museum egalladi. Yangilangan ro'yxatga ilk bor bir nechta maskanlar ham qo'shildi, jumladan Italiyadagi Bolonya tarixiy markazi va Sardiniyadagi Capo Testa yarimoroli.

Registon maydoni O'zbekistonning eng mashhur madaniy ramzlaridan biri va Samarqandga keluvchilar uchun asosiy diqqatga sazovor joylardan biri bo'lib qolmoqda. Uning xalqaro reytingga kiritilgani mamlakatning tarixiy merosi va me'moriy durdonalariga global qiziqish ortib borayotganining yana bir belgisidir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?