date

Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida shahar jamoat transporti tizimini yanada zamonaviy va qulay qilish maqsadida “aqlli” bekatlar o‘rnatish boshlanadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, innovatsion bekatlarda xavfsizlik va qulaylikka alohida e’tibor qaratiladi. Har bir bekat markazlashtirilgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi.

Shuningdek, favqulodda holatlar uchun maxsus SOS tugmasi o‘rnatiladi. Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun esa alohida kutish maydonlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, bekatlarda avtobuslar harakat jadvalini ko‘rsatib turuvchi elektron monitorlar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar uchun tezkor xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi vending qurilmalari ham joylashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, “aqlli” bekatlar jamoat transportidan foydalanishni yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.

2023 yil yakunida ham poytaxtda “aqlli” bekatlar qurilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ular videokuzatuv tizimi bilan jihozlanib, yanada kengroq bo‘lishi aytilgan.

Bekatlarda mobil qurilmalarini quvvatlantirish, Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish hamda elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganini ko‘rish imkoni ham bo‘lishi qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda