date

Qirg‘izistonlik qori Jahon Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Qirg‘izistonlik qori Jahon Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Qirg‘izistonlik Muhammadali qori Umarov xalqaro Qur’on musobaqasida eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa 17 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tashkil etildi. Tanlovda dunyoning turli burchaklaridan 10 mingdan ortiq nomzod ishtirok etish istagini bildirgan. Ulardan 2 ming nafar tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqada bahs olib borgan. Yakuniy bosqichga esa 64 nafar ishtirokchi yo‘l oldi va sakkiz kun davomida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdi.

Musobaqaning asosiy talablari Qur’oni karimni to‘liq yoddan bilish hamda tajvid qoidalariga qat’iy rioya qilishdan iborat edi. Musobaqa yakunida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin — Qirg‘iziston
2-o‘rin — AQSH
3-o‘rin — Misr
4-o‘rin — Suriya
5-o‘rin — Shvetsiya

G‘olibga 50 ming Saudiya riyoli (taxminan 13 ming dollar) miqdorida pul mukofoti topshirildi. Muhammadali qori Umarov o‘z g‘alabasini butun Qirg‘iziston xalqining duolari va qo‘llab-quvvatlashi natijasi sifatida qabul qilishini ta’kidladi. U jahon miqyosida yana birinchi o‘rinni egallash imkoniyati uchun Yaratgandan minnatdor ekanini aytdi.

Ma’lumot uchun, Muhammadali qori Umarov hozirda Madina Islom universiteti Qur’on fakulteti 4-bosqich talabasidir. U 2022 yil 22 sentyabr kuni Makka shahrida 111 ta mamlakat vakillari ishtirok etgan jahon musobaqasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 250 ming riyol mukofot bilan taqdirlangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonlik qori Jahon Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘ldi