date

Dunyoda eng baxtli davlatlar: O‘zbekistonning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Dunyoda eng baxtli davlatlar: O‘zbekistonning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi bor dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi. Markaziy Osiyoda esa bunday maqomga Qozog‘iston erishdi. Bu haqda davlatlarning baxt darajasini aks ettiruvchi "World Happiness Report 2026" reytingida ma’lum qilindi.

Hisobot har yili 20 mart — Xalqaro baxt kuni munosabati bilan e’lon qilinadi. Reytingni tayyorlashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, erkinlik darajasi hamda korrupsiya omillari inobatga olinadi.

Reytingda Finlyandiyadan keyingi pog‘onalarni Islandiya, Daniya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Isroil, Luksemburg va Shveysariya egallagan. Mutaxassislar Skandinaviya davlatlarining yetakchiligini yuqori ijtimoiy ishonch, tengsizlikning past darajasi, rivojlangan ijtimoiy tizim, sifatli sog‘liqni saqlash va ta’lim bilan izohlaydi. Shuningdek, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat hamda fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi muhim omil hisoblanadi.

Markaziy Osiyo davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi:

 - Qozog‘iston — 33-o‘rin (10 pog‘ona yuqoriladi)

 - O‘zbekiston — 53-o‘rin (o‘zgarishsiz qoldi)

 - Qirg‘iziston — 66-o‘rin (9 pog‘ona yuqoriladi)

 - Tojikiston — 88-o‘rin (2 pog‘ona yuqoriladi)

 - Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Qo‘shma Shtatlar o‘ntalikka kira olmadi va o‘tgan yilgi 24-o‘rindan 23-o‘ringa ko‘tarildi. Rossiya esa 13 pog‘ona pastlab, 79-o‘rinni egalladi. Ukraina esa o‘tgan yilgi kabi 111-o‘rinda qoldi. Afg‘oniston 147-o‘rin bilan eng baxtsiz davlat deb topildi. Shuningdek, Sierra-Leone, Malavi, Zimbabve va Livan ham reytingning quyi pog‘onalaridan joy oldi.

Tadqiqot doirasida 2026 yilda dunyoning 29 mamlakatida 23 mingdan ortiq respondent orasida so‘rov o‘tkazildi. Ishtirokchilar 16 dan 74 yoshgacha bo‘lgan. So‘rovda qatnashganlarning 74 foizi o‘zini baxtli deb hisoblashini bildirgan

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dunyoda eng baxtli davlatlar: O‘zbekistonning o‘rni ma’lum bo‘ldi