Yaponiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistondagi investision muhit va bozor salohiyatini o‘rganadi, deb yozmoqda "gazeta.uz" nashri.
10−11 oktyabr kunlari Yaponiya ishbilarmon doiralari delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) tomonidan uyushtirilayotgan tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistondagi investision muhit, iste’mol bozori salohiyatini o‘rganish hamda mamlakat kompaniyalari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
JETROning Toshkentdagi vakolatxonasi xabariga ko‘ra, delegasiya tarkibidan qurilish materiallari, elektronika, elektr xo‘jalik texnikalari, oziq-ovqat sanoati, kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar hamda Xalq iste’moli mahsulotlari eksporti agentligi (FMCG) vakillari o‘rin olgan.
Tashrif doirasida o‘zbek va yapon tadbirkorlari o‘rtasida kooperasion birja o‘tkazish belgilangan. Xuddi shunday marosim Toshkentda 2014 yilda ham bo‘lib o‘tgan edi.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi qoshida tashkil etilgan JETRO hukumat tashkilotining vakolatxonasi Markaziy Osiyoda faqatgina Toshkentda faoliyat yuritadi. Tashkilot 55 mamlakatda 74 ta xorijiy vakolatxonaga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi