OTB O‘zbekistonda meva-sabzavot etishtirishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

  • 28 noyabr 2016, 22:30
  • 4 663
  • Iqtisodiyot
  • OTB O‘zbekistonda meva-sabzavot etishtirishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

    Osiyo taraqqiyot banki 28 noyabr kuni O‘zbekistonning barcha 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavot etishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirishni rivojlantirishga 154 mln dollar miqdorida kradit ajratilishini tasdiqladi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

    «OTB ko‘magi meva-sabzavot etishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va meva-sabzavot etishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan tadbirkorlarning uzoq muddatli moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishini kengaytirishga yordam beradi», — qayd etdi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ularga investisiyalarni ko‘paytirish, bandlik darajasini kengaytirish hamda o‘zlari, xodimlari va etkazib beruvchilarining barqaror daromad bilan ta’minlanishga xizmat qiladi.

    Rejaga ko‘ra, hukumat OTB qarzini qayta kreditlab, fermerlar va korxonalarga meva-sabzavot etishtirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, jumladan ekish materiallari, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha uskunalar hamda texnik jihozlarni xarid qilish uchun subkreditlar taqdim etiladi.

    Loyihada ishtirok etishga sakkizta bank: «Asaka», «Davr-bank», «Hamkorbank», «Ipak yo‘li» banki, «Ipoteka-bank», Milliy bank, «To‘ronbank» va O‘zsanoatqurilish bank qiziqish bildirgan.

    Loyiha doirasida fermer va korxonalar biznes-rejalashtirish, agrotexnik usullar va hosildan keyingi tadbirlar hamda eksport bozoriga chiqish uchun zarur ko‘nikmalarni takomillashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OTB O‘zbekistonda meva-sabzavot etishtirishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi