20:30 / 19.04.2017
6 642

Ravon R2 (Spark) Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar deb tan olindi

Ravon R2 (Spark) Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar deb tan olindi
"AVTOSTAT" tahliliy agentligi 2017 yil yanvar-fevral oylari natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi yengil avtomobillar bozorini o‘rganib chiqdi. Ushbu tadqiqot "xetchbek" kuzoviga ega mashinalarni o‘z ichiga qamrab oldi. Uning natijasiga ko‘ra, bunday modeldagi eng ko‘p sotiluvchi mashinalar reytingi tuzildi.    

GM Uzbekistan kompaniyasining Asakadagi zavodida ishlab chiqariluvchi Ravon R2 avtomobili ushbu reytingda 10-o‘rin egalladi deb yozadi Kun nashri. Bu mashinadan Rossiyada ko‘rib chiqilgan davr ichida 372 dona sotilgan. O‘zbek mashinasi 7-9-o‘rindagi mashinalardan uncha ham ortda qolmagan. Misol uchun, 429 dona miqdorda sotilgan Ford Focus 7-o‘rinni, 427 dona sotilgan LADA Kalina 8-o‘rinni va 414 dona sotilgan Ford Fiesta 9-o‘rinni egallagan.

Reyting etakchisi LADA Granta modeli bo‘ldi. Bu mashinadan ko‘rib chiqilgan davr ichida 4189 dona sotilgan. 2-o‘rinni Lada Xray xetchbeki egallagan (3698). 3-o‘rin esa 3204 dona miqdorda sotilgan Renault Sandero’ga nasib qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ravon R2 (Spark) 1,25 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avloddagi avtomatik transmissiya bilan jihozlangan. Mashina
komplektasiyasi o‘z ichiga yaxshilangan shovqin izolyasiyasi, yangilangan asboblar paneli, MP3, USB, AUX va Bluetooth funksiyalariga ega audiotizimni olgan. Ravon R2’ning faol va passiv xavfsizlik tizimidan xavfsizlik yostiqchalari, rulni elektron boshqarish tizimi, elektr oyna ko‘targichlar, antiblokirovkalash tormozi va bolalar o‘rindiqlarini mahkamlash tizimi joy olgan.  

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ravon R2 (Spark) Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar deb tan olindi