AQShning texnologik kompaniyalari "katta beshtaligi" – Facebook, Amazon, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari 9 iyundagi savdolar natijalariga ko‘ra kutilmaganda 100 mlrd dollarga arzonlashib ketdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Apple aksiyalari 774,86 mlrd dollar kapitallashuvga ega bo‘lgan holda 3,88 foizga arzonlashdi va bir donasi narxi 148,98 dollarni tashkil qildi. Alphabet aksiyalari 665,57 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,41 foizga (bir aksiya narxi 949,83 dollar), Microsoft aksiyalari 539,61 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 2,27 foizga (bir aksiya narxi 70,32 dollar), Amazon aksiyalari 467,7 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,16 foizga (bir aksiya narxi 978,31 dollar) va Facebook aksiyalari 438,07 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,3 foizga (bir aksiya narxi 149,6 dollar) arzonlashib ketdi. Bu kompaniyalar aksiyalari umumiy hisobda 97,65 mlrd dollarga arzonlashib ketdi.
The Bahnsen Group mutaxassisi Devid Bansenning fikricha, bu kompaniyalar aksiyalari avval "aslidan ancha qimmat narxda sotib olingan". Bu yo‘qotish Apple uchun 14 oy ichidagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi, deb ta’kidlamoqda The New York Times nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)