Amazon kompaniyasining aksiyalari narxi 26 iyuldagi sotuvlar chog‘ida 1,1 foizga oshdi, buning natijasida uning kapitalizasiyasi 502,6 milliard dollarga etdi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Amazon’dan tashqari, 500 milliarddan ortiq narxga baholangan kompaniyalar juda oz. Bular — Apple, Microsoft va Alphabet.
2017 yil boshidan buyon Amazon’ning bozor narxi 146,3 milliard dollarga oshdi. Qiyos uchun, tushum bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turuvchi Wal-Mart riteyleri aksiyalari shu davr ichida 23 milliard dollarga oshib, 235,4 milliard dollarni tashkil qildi.
Amazon kapitalizasiya bo‘yicha Wal-Mart’dan ikki yil muqaddam o‘zib ketgan edi.
O‘z navbatida, bu muvaffaqiyatlar natijasida Amazon rahbari Jeff Bezos jahondagi eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Bill Geytsga yaqinlashib oldi. Ularning orasidagi farq endilikda 1 milliard dollarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi