14:04 / 30.08.2017
6 252

Rossiyadagi eng boy oilalar ma’lum qilindi

Rossiyadagi eng boy oilalar ma’lum qilindi
Rossiyadagi o‘nta eng boy oilaning umumiy davlati so‘nggi yil ichida 2 mlrd dollarga oshib, 27 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda «Forbes»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, reytingda 9,91 mlrd dollarga ega Gutseriyevlar oilasi yetakchiga aylandi.

Rotenberglar oilasi 4,2 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Aniqlik kiritilishicha, Arkadiy Rotenbergga 2,5 mlrd dollar, uning akasi Boris Rotenbergga esa 1 mlrd dollar tegishli. Arkadiy Rotenbergning o‘g‘li Igorda – 700 mln dollar bor.

Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan aka-uka Aleksey va Dmitriy Ananevlar 2,7 mlrd dollar bilan joy oldi.

TAIF egalari Ayrat va Radik Shaymiyevlar reytingning to‘rtinchi o‘rnidan joy oldi. Ularning har birida 1,1 mlrd dollar bor. O‘z navbatida Ayrat Shaymiyevning o‘g‘li Timurning davlati 15 mln dollarga baholanadi.

Forbes beshinchi pog‘onaga aka-uka Ziyovuddin va Magomed Magomedovlarni joylashtirdi. Ularning davlati 1,75 mlrd dollarga baholangan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyadagi eng boy oilalar ma’lum qilindi