“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xo‘l va qayta ishlangan meva sabzavot mahsulotlari eksportining hajmini yanada kengaytirish maqsadida xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatib kelmoqda. Jumladan, Rossiya bu borada asosiy hamkorimiz xisoblanadi va yildan-yilga ushbu mamlakatga yuborilayotgan meva-sabzavot eksporti hajmi oshib bormoqda.
1 dekabr kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi Toxirjon Jalilov Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Lisovskiy bilan muzokara olib bordi.
Sergey Lisovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya axolisi tomonidan ekologik toza, o‘zida barcha foydali elementlarini saqlab qolgan va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘zbek meva-sabzavotlariga ehtiyoj o‘sayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, S.Lisovskiy Rossiya, O‘zbekistonda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish borasida investitsiya kiritish taklifini bildirdi. Logistika markazlari qurilishida rossiyalik ushbu soha mutaxassislari jalb etiladi va ularning yaqin kunlarda yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Toxirjon Jalilov ayni paytda “O‘zagroeksport” AJ Rossiyadagi savdo uylari orqali "Tander", X5 Retail Group, "Xolidey" DK, "Mariya-Ra", "Monetka" va "Chelnы-xleb" savdo markazlariga muntazam meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berilayotganligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida Rossiyadan shakar, go‘sht va baliq mahsulotlarini yurtimizga olib kelish maqsadga muvofiq ekanligi bildirib o‘tildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi