6 035
1 yanvardan valyutaga oid majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 6 dekabrda «Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5276 sonli Farmoni qabul qilingandi. Farmonga asosan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonga olib kirish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketish ekvivalentda 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, ruxsat etilgan summadan oshiq mablag‘ni mamlakat hududidan olib chiqish uchun Markaziy Bank ruxsatnomasi talab etiladi. Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:
rezidentlar tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida;
norezidentlar tomonidan – O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatiladi.
Norezidentlar – respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ular tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi