Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 18 yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Kristalina Georgiyeva davlat rahbari bilan muloqotdan so‘ng O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi.
— O‘zbekistonga mamlakatni o‘zgartirishga siyosiy irodasi kuchli inson rahbarlik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rivojlanish istiqbolini ko‘ra bilish qobiliyatiga ega. O‘ylangan barcha maqsadlarga erishishga qalb bilan yondashadi.
O‘zbekistonda valyuta kursini liberallashtirishga oid siyosat to‘g‘ri tanlangani amalda o‘z isbotini topmoqda. Biznes vakillari bu iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar ochayotganini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston Prezidentining maqsadi aholining imkoniyatlari, iste’dodini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan islohotlarni amalga oshirishdan iborat. Ya’ni odamlar hayotning turli sohalarida o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon etsin. O‘zgarishlarga qaratilgan yuksalish juda muhimdir. Yakuniga yetgan yil esa mamlakatda jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi.
Jahon banki O‘zbekistondagi faoliyatini salmoqli darajada kengaytirishga tayyor. Biz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jiddiy ekaniga ishonamiz va ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Dunyoda raqobatbardosh bo‘lish oson emas, lekin xalq jipslashsa, siyosiy iroda va kelajakka ishonch bo‘lsa, bunga erishish mumkin. Men O‘zbekistonga jahonning eng ilg‘or davlatlari orasida bo‘lishini chin dildan tilayman.
O‘zbekiston Jahon bankining «Biznes yuritish – 2018» (DoingBusiness 2018) reytingida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida jahonning yetakchi o‘nta mamlakati qatoriga kirdi. Mamlakat yuksaldi. Bu o‘zgarishlar ruhini ifodalaydigan yaxshi ko‘rsatkichdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi