4 658
Ekspert: O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda
Oxirgi ikki-uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Qozog‘istonnikiga qaraganda bir necha baravar tez o‘sishi taxmin qilinmoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlari va Markaziy Osiyo (birinchi navbatda Qozog‘iston)dagi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq. Mazkur fikrlarni «Sputnik Kazaxstan» nashri bilan intervyuda Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti fondi qoshidagi jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti eksperti Jasilik Sabitov bildirdi.
«O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki baravar o‘sishiga olib keldi. Biz hozir O‘zbekiston aynan qay darajada yaxshi taraqqiy etayotganidan bexabarmiz. Ammo uning Qozog‘istonga qaraganda bir necha baravar ko‘proq rivojlanayotganini taxmin qilish mumkin. Buning istiqboli prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy liberalizatsiyaga jarayoniga ham bog‘liq. Agar u Qozog‘istonda 90-yillarda amalga oshirilgan islohotlar kabi o‘zgarishlar qilsa, yaqin 10 yilda ko‘zlangan maqsadga erishiladi», — degan Sabitov.
Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, «islohotlar bo‘lmasa, O‘zbekistonda ko‘p narsa avvalgidek qolaveradi».
«Biz bitta kemadamiz. Qozog‘istonning iqtisodiy inqirozi bu O‘zbekistonniki hamdir. Yurtimizdagi iqtisodiy o‘sish O‘zbekistonning ham yutug‘idir. Agar bir davlatda pasayish bo‘lsa, u albatta ikkinchisiga ham salbiy ta’sir etadi. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro do‘stlik, hamkorlik va har ikki davlatdagi iqtisodiy rivojlanishdan manfaatdordir», — deya xulosa qilgan Sabitov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi