07:30 / 28.02.2018
4 141

Ohangaronni “yashil shahar”ga aylantirish uchun 87,4 mln. dollar mablag‘ yo‘naltiriladi

Ohangaronni “yashil shahar”ga aylantirish uchun 87,4 mln. dollar mablag‘ yo‘naltiriladi
O‘zbekiston ekologik toza energetika texnologiyalarini joriy etish uchun Xitoy bilan hamkorlik qiladi.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov 25 fevral kuni Chunsin shahriga tashrif buyurdi va “JONTIA Group” kompaniyasining O‘zbekistonda ekologik toza energetika sohasidagi investitsion loyihasi bo‘yicha muhokamalarda qatnashdi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qiladi.

2017 yilning sentyabrida O‘zbekiston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev Chunsinga tashrif buyurib, “JONTIA Group” kompaniyasi bilan qator kelishuvlarga erishgandi.

Shu yilning noyabr oyida “JONTIA Group” hamda O‘zbekiston tomoni “Ohangaron yashil shahar” loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolashgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyihaga 87,4 mln dollar yo‘naltiriladi. Loyihaga ko‘ra, Ohangaronda issiqlik va elektroenergiya ishlab chiqaruvchi yuqori samaradorli beshta stansiya qurilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ohangaronni “yashil shahar”ga aylantirish uchun 87,4 mln. dollar mablag‘ yo‘naltiriladi