5 108
2019 yil 1 yanvardan O‘zbekiston milliy savdo elektron maydonchasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 fevral kuni eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Ushbu yig‘ilishda Prezident mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo‘yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shu bois Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 2019 yil 1 yanvardan boshlab, mahalliy eksportyor korxonalarning tovarlarini xorijiy xaridorlar tomonidan sotib olish imkoniyatini beradigan O‘zbekiston milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mamlakatimizda qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to‘g‘risida xorijiy korxonalar ham, mahalliy korxonalar va davlat idoralari ham axborot oladigan to‘liq manba yo‘qligiga e’tibor qaratildi. Shu bois har bir eksportchi korxona to‘g‘risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot, marketing tadqiqotlari natijalari, eksport hajmi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi