5 272
Tojikiston endi O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi
Dushanbe va Toshkent O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Unga ko‘ra Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “ Sputnik” nashri xabar berdi.
Kelishuvga muvofiq, Tojikiston elektr energiyasining qo‘shni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi. O‘zbekiston yoz mavsumida bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent, qishda esa 2,5 sentdan to‘laydi.
“Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari hozircha nihoyasiga yetmadi. Bu yo‘nalishdagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi