16:04 / 05.03.2018
6 006

So‘mning qadri oshmoqda! Dollar ham, yevro ham, rubl ham yana arzonlashdi

So‘mning qadri oshmoqda! Dollar ham, yevro ham, rubl ham yana arzonlashdi
Uchinchi haftadirki AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymati pasayishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 6 martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftaga nisbatan 8,18 so‘mga arzonladi va 8163,46 so‘mni tashkil etdi.

1 Yevro 10059,02 so‘mni tashkil etib, 1,90 so‘mga pasaygan.

1 Rossiya rubli 2,32 so‘m arzonlab, 143,57 so‘mni tashkil etdi.

1 Qozog‘iston tengesi 25,41 so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan haftadagiga nisbatan 19 tiyinga pastroqdir.

1 Qirg‘iziston somi 5 tiyinga pasayib, 120,23 so‘mni tashkil etmoqda.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » So‘mning qadri oshmoqda! Dollar ham, yevro ham, rubl ham yana arzonlashdi