20:00 / 11.12.2018
3 453

YeI iqtisodiyotini AQSh dollaridan xalos etmoqchi

YeI iqtisodiyotini AQSh dollaridan xalos etmoqchi
Yevropa ittifoqi (YeI) Yevropa iqtisodiyotida AQSh dollari rolini pasaytirmoqchi va yevroning qadrini oshirishni rejalamoqda. Bu haqda Yevropa komissiyasining press-relizida keltiriladi.

"Yevro pul birligi – yosh, ammo istiqbolli valyuta. Uning global rolini rivojlantirish vaqti keldi. Yevro Yevrozonaning siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy qudratini, xalqaro siyosiy va iqtisodiy tizimning qoidalariga asoslangan holda aks ettirishi lozim”, deydi yevro va ijtimoiy dialog komissari Valdis Dombrovskis.


YeI iqtisodiyotini dollardan xalos etish maqsadida, neft shartnomalari va tranzaksiyalarini amalga oshirishda yevrodan foydalanishni oshirish, past komissiyada elektron to‘lov tizimlarini yaratish, Bank ittifoqi va Kapital bozori ittifoqi bilan hamkorlikda ko‘proq likvidlashgan bozorni yaratish, yevroda ifodalangan tashqi qarzlar ulushini oshirish kabi rejalarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Yevropa kompaniyalari asosiy strategik ahamiyatga ega bozorlarda AQSh dollarida savdo qilishmoqda. Bu esa AQSh dollari kursining sezilarli darajada o‘zgarishi bilan kompaniyalar risklarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Manbada yozilishicha, Yevrodan keng doirada foydalanish Yevropa kompaniyalarida valyuta risklarining kamayishiga hamda Yevrohududda energetika mahsulotlari narxi arzonlashuviga olib keladi.

Oldinroq, Rossiya iqtisodiyotida AQSh dollari rolini pasaytirish maqsadida reja ishlab chiqqandi. Unga ko‘ra, Rossiya Xitoy va Yevropa ittifoqi bilan savdo hisob-kitoblarida yuanga va yevroga bosqichma-bosqich o‘tishni rejalashtirmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan esa savdoda rublga o‘tishni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YeI iqtisodiyotini AQSh dollaridan xalos etmoqchi