Tojikiston gaz taqsimlash kompaniyasi bu yil Oʻzbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olishni toʻrt barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Aziya Plyusga tayanib Kun.uz xabar berdi.
“Biz bu yil Oʻzbekistondan 200 million kub metrgacha tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya xabar berdi Dushanbeda 28 yanvar kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Tojiktransgaz” OAJ rahbari birinchi oʻrinbosari Shavkat Shoimzoda.
Uning qayd etishicha, ikki mamlakat gaz taqsimlash kompaniyalari oʻrtasida prinsipial kelishuvga erishilgan, uning tafsilotlari muhokama qilinmoqda, shundan soʻng hujjat imzolanadi.
“Tojiktransgaz” vakilining eslatishicha, qoʻshni mamlakatdan bu turdagi yoqilgʻini yetkazib berish oʻtgan yilning aprel oyi boshlarida deyarli olti yillik uzilishdan soʻng qayta tiklangan.
Shoimzodaning taʼkidlashicha, oʻtgan yili respublikaga deyarli 54 million kub metr oʻzbek gazi yetkazib berildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda yigirmadan ortiq korxona, jumladan, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Dushanbe IEM import qilinadigan tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda.
“Tojiktransgaz” vakilining qayd etishicha, isteʼmolchilar soni har oy ortib bormoqda.
Uning taʼkidlashicha, yuqori bosimdagi quvurlar hozirgi kunga qadar toʻliq tiklandi, oʻrta bosimdagi quvurlarni taʼmirlash boʻyicha ishlar olib borilyapti.
Aholining gaz taʼminoti, uning soʻzlariga koʻra, past bosimdagi quvurlar tiklanganidan keyin boshlanadi.
“Tojiktransgaz”ning moliyaviy holati hozircha faqat korxona balansidagi infratuzilmani taʼmirlash imkonini beradi», - dedi Shoimzoda.
Uning qoʻshimcha qilishicha, gaz taqsimlash korxonasi balansida boʻlmagan quvurlar isteʼmolchilar hisobidan tiklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi