4 229
Gulnora Karimova va boshqa sobiq amaldorlardan qaytarilgan pullar qayerga sarflanmoqda?
Taniqli ekspert, iqtisodchi Yuliy Yusupov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Gulnora Karimovaning kecha bergan bayonotiga munosabat bildirib, qaytarilgan pullar nimaga va qayerga sarflanishi bilan qiziqdi:
Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi va o‘zining O‘zbekiston hududidagi 1,2 milliard dollar shaxsiy aktivlari «o‘ziga tegishlilikdan chiqqani va respublika byudjeti farovonligi uchun xizmat qilayotgani»ni ma’lum qildi.
Boshqa ko‘plab sobiq amaldorlar ham davlat foydasiga o‘z mulkining katta qismini o‘tkazgani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu ham millionlab, milliardlab pul degani.
Birgina Gulnora Karimovaning «hissasi»ni olgan taqdirimizda ham mamlakat byudjeti uchun bu katta summa. Shu sababli ikkita savol yuzaga keladi:
1. Davlat byudjetining daromadlar to‘g‘risidagi qaysi moddasiga ko‘ra bu kabi kirimlar amalga oshirilmoqda? Negadir shu kabi moddalar va byudjetdagi tegishli summalarni eslay olmayman.
2. Balki mana shu kirimlar QQSni 20 foizdan 12 foizga tushirishga yetar va soliq islohotidagi asosiy muammoni hal etishga yordam berar, deb yozadi ekspert. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi