21:00 / 17.01.2020
4 635

O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasi joriy etiladi
Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Bekzod Hamroyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyuda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida valyuta va bank tizimini liberallashtirish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

"Birinchi chorakning oxirigacha so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda", - deb ta’kidladi Xamroyev.

Departament rahbari rublni so‘mga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali ekanligini, bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berishini ta’kidladi. Dollar va yevroda hisob-kitoblardan qochish moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasi joriy etiladi