Rossiyalik olimpiadachilar Suriyaga borishdi

  • 29 avgust 2016, 11:19
  • 5 133
  • Jamiyat
  • Rossiyalik olimpiadachilar Suriyaga borishdi

    Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida champion va sovrindor bo‘lgan rossiyalik sportchilar Suriyaning Xmeymim aviabazasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda “Interfaks”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

    Nashrning yozishicha, aviabazadagi harbiylar va jurnalistlar e’tiborini asosan bir necha bor Olimpiada chempioni bo‘lgan Elena Isinbaeva tortdi.

    “Suriyaga tashrif buyurishimiz bizni hayratda qoldirdi. Bu erga uchib kelganimiz fantastikaga o‘xshaydi. Suriyadagi vaziyat haqida OAV orqali ko‘p eshitganmiz, ammo bu safar barchasini ko‘zimiz bilan ko‘rdik”, deydi Isinbaeva.

    Isinbaevaning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada bo‘lish unchalik xavfli emas. Bundan tashqari, sportchi rossiyalik askarlar bilan ertalab badantarbiya qildi.

    Ma’lumot o‘rnida, Rio Olimpiadasida Rossiyadan 23ta sport turi bo‘yicha 286 nafar sportchi qatnashdi. Yakunda Rossiya terma jamoasi medallar soni bo‘yicha musobaqada to‘rtinchi o‘rinni oldi. Rossiyalik sportchilar jami 56ta medal (19ta oltin, 18ta kumush va 19ta bronza) yutishga muvaffaq bo‘ldilar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyalik olimpiadachilar Suriyaga borishdi