Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Rossiyadagi saylovlar kunida o‘tkazilgan Chechen ayollari kuni bayramiga sovut va dubulg‘a kiyib, nayza ko‘targan holda keldi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ramzon Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida 97,05 foizlik ovoz yig‘di.
"Ovoz berish ishlari yakunlandi. Men Chechen ayollari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayramga tashrif buyurdim. "Sofiya" saroyida yuzlab xotin-qizlar to‘plangan. Men avval ham aytib o‘tganimdek, chechen ayollari ko‘plab og‘ir kunlarni boshdan kechirishgan. Hozir esa ular hayotdan bahra olib yashaydigan davr kelgan. Ular endi o‘z farzandlari va yaqinlari hayotidan xavfsirashlariga hojat yo‘q. Biz har yili chechen ayollari fan va madaniyat sohalarida yangi yutuqlarga erishayotganidan mamnun bo‘lmoqdamiz. Men barcha chechen ayollarini qutlayman. Barcha qizlarga sovg‘alar berildi", deya yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi