Poytaxtda muqaddam yopilgan bir qancha ko‘cha qismlari ochilishi bo‘yicha ishlar boshlandi.
Toshkentda shanba kuni Mustaqillik ko‘chasining muqaddam yopilgan bir qancha uchastkalarini ochishga tayyorlash ishlari boshlandi.
Mustaqillik shoh ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan qismi.
Qurilish texnikalari va ishchilar Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich (Hamid Olimjon maydoni) qarshisidagi qiyalik yo‘lini tozalamoqda. O‘zbekiston poytaxti hokimiyati vakillari mazkur uchastka aynan qaysi muddatda ochilishini ma’lum qilgani yo‘q, biroq ishlarni jadallik bilan olib borishga va’da bermoqda. Mazkur yo‘lning ochilishi shoh ko‘chada Shahrisabz ko‘chasidan Oloy bozoriga tomonga harakatlanuvchi avtotransportlar oqimining sezilarli darajada kamayishiga xizmat qilishi lozim.
Mustaqillik shoh ko‘chasining Sayram ko‘chasi 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi.
Yaqin kunlarda o‘tgan yilning iyul oyida yopilgan Sayram ko‘chasining 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi (Davlat statistika qo‘mitasi binosi yaqini)ning ham ochilishi kutilmoqda. Bu esa shu atrofda yashovchi fuqarolarning ishga va uyga qatnashidagi masofani bir necha kilometrga qisqartirishga imkon tug‘diradi.
Mustaqillik shoh ko‘chasining Sayram ko‘chasi 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi.
Bir vaqtning o‘zida Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi chorrahaning ochilishi bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborildi. O‘tgan yilning avgustida bu erga qarama-qarshi tomonga harakatlanishni butunlay cheklaydigan to‘siqlar o‘rnatilgan edi.
Qurilish ishlarida ishtirok etayotgan turli xizmatlar ishchilari turli yillarda yopilgan boshqa ko‘chalarning ham ochilishini istisno etmadi.
Manba: "gazeta.uz" “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi