Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

  • 06 dekabr 2016, 11:07
  • 4 496
  • Jamiyat
  • Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

    Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.

    Nursulton Nazarboyev o‘z tabrigida bo‘lib o‘tgan saylov natijalari O‘zbekiston xalqi tomonidan kelgusida fuqarolarning farovon hayoti va jahon arenasidagi mamlakat nufuzini yanada oshirish yo‘liga ulkan ishonch bildirilgani va qo‘llab-quvvatlanganidan dalolat berayotgani qayd etib o‘tilgan.

    «Aminmanki, Siz rahbarligingizda qardosh O‘zbekiston barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi keng miqyosli islohotlar davom ettiriladi», — qayd etiladi telegrammada.

    Nursulton Nazarboyev hamkorlikdagi intilishlar Qozog‘iston va O‘zbekistonning strategik sherikchiligini rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hamkorligini kengaytirishda turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

    Qozog‘iston Prezidenti ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning sezilarli salohiyatga egaligiga e’tibor qaratib, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda konstruktiv muloqotga tayyor ekanini bildirdi.

    «Fursatdan foydalangan holda muloqotlarimizni Ostonada davom ettirish hamda Siz uchun qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirishingizni taklif qilaman», — deyiladi xabarda.

    Qozog‘iston rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida yangi yutuqlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi