7 386
O‘zbekiston Rossiyaga qarshi Qrim masalasi bo‘yicha BMT rezolyusiyasi qabul qilinishiga "yo‘q" dedi
BMT Bosh Assambleyasi Qrimda inson huquqlari masalasini monitoring qilishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi.
Bu rezolyusiya matnida, Rossiya bosqinchi (okkupant) davlat deb atalgan, Qrim va va Sevastopol esa vaqtincha bosib olingan (anneksiya) hududlar sifatida qayd etilgan.
Bundan tashqari, hujjatda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasiga Qrimdagi vaziyat bo‘yicha alohida hisobot tayyorlash so‘rab murojaat qilingan.
Bu rezolyusiya tashabbuskori Ukraina tomoni bo‘lib, hujjat qabul qilinishi uchun 70 ta davlat vakillari ovoz bergan, 26 davlat qarshi chiqqan, yana 77 davlat esa betaraf qolgan.
Loyiha qabul qilinishi uchun AQSh, Kanada hamda Evropa davlatlari, jumladan, Turkiya va Yaponiya ham ovoz bergan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy, KXDR, Serbiya, Hindiston, JAR, Suriya, Armaniston, Kuba, Belarus, Eron, Qozog‘iston kabi davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bu rezolyusiya qabul qilinishiga qarshi chiqqan.
77 davlat betaraf qolgan, jumladan, Qirg‘iziston hamda Tojikiston.
Noyabr oyida Ukraina BMT Bosh Assambleyasi 3-qo‘mitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralovchi hamda Rossiyani yarimorolga xalqaro kuzatuvchilarni kiritishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qilinishiga erishgandi. O‘shanda ham O‘zbekiston Rossiya tomonida turgan.
4 sahifali hujjatda, "Qrim aholisiga nisbatan inson huquqlari buzilayotgani, ularning kamsitilayotgani", xususan "qrim-tatarlar, ukrainlar hamda boshqa etnik va diniy guruhlar a’zolari ta’qiblarga uchrayotgani" aytiladi. Unda, shuningdek, Rossiya hukumatini "Qrim aholisiga nisbatan barcha tahqirlovchi holatlar va inson huquqlarining buzilishiga barham berish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rish"ga chaqiruvchi hamda "yarimoroldagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish bo‘yicha xalqaro missiyalarga ruxsat berish"ga undovchi bandlar mavjud.
Bundan oldinroq, Rossiyaning BMTdagi maxsus vakili bu hujjatni «noxolis va to‘qib-bichilgan» deb atagandi.
Rossiya Qrimni 2014 yilning martida, xalq referendumidan keyin anneksiya qilgandi. Ukraina va xalqaro hamjamiyat referendum natijalarini tan olmaydi. AQSh va Evroittifoq Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi ortidan Rossiyaning bir qator kompaniyalari va amaldorlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?