12:12 / 27.01.2017
15 522

“O‘rikzor” bozoridagi o‘g‘irlik kuzatuv kameralariga muhrlandi

“O‘rikzor” bozoridagi o‘g‘irlik kuzatuv kameralariga muhrlandi

So‘nggi ikki kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda bozorda sodir etilgan o‘g‘irlik aks etgan video yashin tezligida tarqalmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘g‘irlik 25 yanvar kuni Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida kir yuvish vositalari bilan savdo qilinadigan do‘konda sodir etilgan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

O‘g‘irlik tasvirlari kuzatuv kamerasi tomonidan olinganmi yoki bozordagilarning qo‘l telefoni yordamidami, anglash mushkul.

Videoda, dastlab, qo‘lida kumushrang selofan paket ko‘targan, ko‘k kurtka kiygan ayolning kir yuvish vositalari bilan savdo qilinadigan shoxobcha oldida u yoqdan, bu yoqqa yurib, qo‘l telefoni orqali kim bilandir bog‘lanishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Ayol qo‘l telefoni tugmasini takror va takror bosib, shoxobcha oldiga keladi. Shu vaqt ayol o‘ng qo‘lida turgan selofan paketning tutqichini, do‘kon tashqarisiga taxlab qo‘yilgan katta hajmdagi, o‘lchami aynan qo‘lidagi selofan bilan bir xil bo‘lgan kir yuvish kukunining tutqichi bilan birlashtirib, uni ham selofan bilan birga ko‘tarib oladi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Bu o‘g‘irlik kuzatuv kameralarida muhrlangan o‘nlab jinoyatlarning bittasi, xolos. Bu kabi holatlar, afsuski, bozor va do‘konlarda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: O‘g‘irlik bilan topilgan boylik, daromad buyurarmikin? Xulosa o‘zingizdan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘rikzor” bozoridagi o‘g‘irlik kuzatuv kameralariga muhrlandi