Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi operativ xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatidagi GM Uzbekistan kompaniyasi xodimlarini jinoyat ustida qo‘lga oldilar.
"Urganchlik ikki fuqaro: GM Uzbekistanning Xorazm viloyati filiali kassiri Ulug‘bek Utamuratov va ushbu filialning ombor mudiri Qurbonnazar Sobirov 1400 dollar pora olayotganida qo‘lga olindilar. Ular bu pul evaziga "Xorazmavtotexxizmat"ga "Damas" mashinasini sotib olish uchun shartnoma tuzishda yordam bermoqchi bo‘lishgan", — dedi MXX vakili.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etish joiz, keyingi vaqtda MXX mamlakat avtosanoatidagi tovlamachilik va ta’magirlikka nisbatan kurashni kuchaytirdi. Bu ushbu sohada jinoyatlarning va rasmiy dilerlik tarmoqlaridagi insofsiz sotuvchilarning kamayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi