Qarshi shahrida ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan tashrifi davomida mazkur loyiha bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir” sayti.
Suzish havzasi va dam olish maskani avvalgi “Nasaf” stadioni hududida qurilmoqda. 25 metrga 11 metr o‘lchamdagi 2 ta suzish havzasi 4,7 gektar maydonni egallagan. Basseynlar suvni tozalash, isitish hamda haroratni mo‘tadil saqlash uskunalari bilan jihozlanadi.
Majmua ilg‘or va tejamkor, shu bilan birga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Alohida kiyinish, yuvinish xonalari tashkil etiladi. Bunday zamonaviy sharoitlar suzish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar sonining ortishiga va yoshlarning barkamol voyaga etishiga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?